Patomorfologiya bo’limi

Patomorfologik ( gistologik ) tekshiruv – inson organizmidagi patologik jarayonni batafsil to‘qima darajasida tekshiruv usuli hisoblanadi. Kasallikning bosqichini aniqlashda differensial tashxislashda va medikamentoz, radiatsion va jarroxlik, sitostatik davolarni samarasini dinamik kuzatuvi uchun juda muhimdir. Gistologik material biopsiya usuli yordamida vizual nazorat ostida( endoskopiya, UZI, KT, MRT) olinadi yoki jarroxlik amaliyoti vaqtida olinadi. Oshqozon-ichak traktining endoskopik tekshiruvi vaqtida biopsiya standart tashxis usuli xisoblanadi.

Tekshiruv usullari:

1. tezkor sitologik tekshiruv (jarroxlik jarayonida)
2. rejali sitologik tekshiruv
3. gistologik tekshiruv
4. tezkor gistologik tekshiruv
5. immunogistoximik
6. autopsiya va arxivlash amallari qo‘llaniladi.

Sitologik tekshiruv

Sitologiya –bu hujayralarni o‘rganadigan fan bo‘lib, odam organizmining har xil organ va to‘qimalaridan olingan surtmalar tarkibidagi hujayralarning turlarini, ularning holatini, xujayralarda kechayotgan o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Sitologik tekshirish hujayradagi distrofik o‘zgarishlar, giperplaziya, displaziyalar, atipik xujayralarni aniqlash orqali birlamchi va erta tashxis qo‘yishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtga kelib tibbiyotda maxsus klinik yoki diagnostik sitologiya mutaxasissligi ajralib chiqqan. Klinik sitologiyaning asosiy ob’ekti patologik o‘choqdan ajratib olingan bitta yoki bir necha xujayralar kompleksi hisoblanadi. Klinik sitologiya gistologik tekshiruvdan farqi shundaki, olingan materialga maxsus ishlov berilmasdan oldin ushbu materialdan surtma olib bo‘yash yo‘li bilan mikroskop ostida ko‘rib birlamchi tashxisni qo‘yish. Bundan tashqari jarrohlik amaliyoti davomida patologik o‘choqdan surtma olib berib, tez morfologik tekshirish yo‘li bilan jarrohlik amaliyotini qay yo‘sinda davom ettirish kerakligini aniqlash mumkin.
Sitologik tekshirish hozirgi kunda gematologiya va onkologiya yo‘nalishlarida keng qo‘llanilmoqda va morfologik tekshirishlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qachonki sitologik va gistologik tekshirishlar kompleks ravishda olib borilsa klinikada morfologik tashxis darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.

Gistologik tekshiruv

Gistologiya-bu organizmdagi xujayra, to‘qima va organlarni taraqqiyotini, tuzilishini va ulardagi o‘zgarishlarni o‘rganadigan fandir. Gistologik tekshirish orqali patologik o‘choqdan olingan to‘qimada bo‘ladigan har xil o‘zgarishlarni ya’ni atrofiya, giperplaziya, displaziya, metaplaziya va o‘sma jarayonlarini hamda ularni differensiyallanishini aniqlash mumkin.
Gistologik tekshirish hozirgi kunda ayniqsa onkologik kasalliklarni aniqlashda va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda eng muhim tekshirishlardan biri hisoblanadi, ayniqsa onkologik kasalliklarda gistologik xulosaga qarab vrach-onkolog tomonidan davolash taktikasi (ximiya terapiya, nur terapiya) tanlanadi.
Gistologik tekshirishning sitologik tekshirishdan farqi shundaki, biopsiya yoki jarrohlik yo‘li bilan olingan to‘qimalarga maxsus ishlov berish orqali gistologik preparat tayyorlash yo‘li bilan mikroskop ostida tashxis qo‘yiladi.
Gistologik preparatlarni tayyorlash 2 xil yo‘l bilan, ya’ni oddiy va ekspress yo‘llar bilan tayyorlanadi: oddiy yo‘l bilan tayyorlanganda gistologik preparat 7 kundan keyin tayyor bo‘lsa, ekspress yo‘l bilan tayyorlanganda gistologik preparat 1 sutkada tayyor bo‘ladi.
Gistologik tekshirish 88-90% aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.

 

 

Immunogistoximik tekshiruv

Bu xujayra va to‘qimalardagi immun xamda kimyoviy reaksiyalar orqali onkomarkerlarlar ishlatish yo‘li bilan o‘smadagi retseptorlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv.
Imunogistoximiya to‘qimalardagi retseptorlarga qarab o‘smaning qaysi organdan chiqqanligini va turini aniqlab beradi.
Bu tekshiruv orqali o‘smaning o‘sish tendensiyasini, genetik darajasini, qaysi kimyoviy preparatlarga ta’sirchanligi yoki nur terapiyasiga berilishini oldindan aniqlab beradi.
Immunogistoximik tekshiruv usuli xozirgi vaqtda dunyoda o‘sma kasalliklarining diagnostikasida “oltin standart” deb qabul qilingan. Bu usulning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari va ishlatilinadigan reaktivlar, aloxida onkomarkerlari mavjud.

 

 

Bu tekshiruv orqali o‘smaning diagnostikasida 100% aniqlikka erishish mumkin.
Tekshiruv uchun o‘smadan biopsiya yoki jarroxlik amaliyotidan olingan yangi to‘qima yoki bir necha yil oldin olingan, lekin formalinda fiksatsiya qilingan yoki yaxshi saqlangan gistologik parafinli blok ishlatilishi mumkin. Sifatsiz saqlangan materiallar yaxshi natija bermasligi mumkin. O‘sma bo‘lagi olinishidan oldin bemor kimyoterapiya yoki nur terapiya olgan bo‘lsa, bu tekshiruv o‘tkazilmaydi.

Patomorfologiya bo‘limi

Bo‘lim xodimlari:
Bo‘lim ilmiy rahbari t.f.d. Nishonov Doniyor Anarboyevich;
Bo‘lim mudiri: Madaliev Ahror Aliyevich.
Vrach patomorfolog: Hamidov Sirojiddin Yunusxonovich.

Kontakt: tel: (71) 246-98-64