Аndijon viloyati Hokimi oʼrinbosari bemor bolajonlar xolidan xabar oldi.

Yurtimizda xalqimiz, ayniqsa jajji bolajonlarimiz salomatligiga juda katta eʼtibor berilmoqda. Onkologik xastaliklarni boshidan kechirayotgan jajji bolajonlarimizga esa, albatta kattalarning qoʼllab–quvvatlashlari, dalda berishlari juda ham muhimdir.
Bugun Аndijon viloyat Hokimining oʼrinbosari Nasibullo Nabievich Markazga tishrif buyurdi va bolalar boʼlimida bemor bolajonlar xolidan xabar oldi. Tashrif buyurgan gurux tarkibida bundan tashqari RIOvaRIАTM Аndijon filiali direktori Xakimova Guljaxon Jalilovna va filial maʼmuriyati vakillari xam boʼlishib, xar bir bolajon bilan suxbat qilinib, maʼnaviy dalda berilib, esdalik sovgʼalar, oʼyinchoqlar tarqatildi. Oʼzlarining qimmatbaxo vaqtlarini ayamay, bemor bolajonlar xolidan xabar olish, ularni sovgʼalar bilan siylash uchun qilingan tashriflari uchun Аndijon viloyati Hokimligi va filiali raxbariyatiga markaz raxbariyati nomidan minnatdjorchilik bildiramiz!

Orqaga qaytish