Xorazm viloyat onkolog shifokorlari Rossiya federatsiyasida malaka oshirmoqda.

Rossiyalik prof. Аleksey Belyaev Xorazm viloyati onkologlari mahoratini yuqori baholadi. Shu kunlarda RIOvaRIATM Xorazm viloyat filialining bir guruh shifokorlari faoliyatga yangi zamonaviy davolash va tashxislash uslublarini joriy qilish maqsadida Sankt Peterburg shahrida N.N Petrov nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish institutida malaka oshirmoqda. Institut direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, dunyoning mashhur onkologlaridan biri Аleksey Mixaylovich Belyaev Xorazm viloyati onkologlari bilan uchrashdi. Professor onkologik kasalliklarga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Oʼzaro hamkorlik bu boradagi faoliyat sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Maqsad onkologik kasalliklarning oldini olish, erta bosqichlarda aniqlash va davolash samaradorligini oshirishdir.

Orqaga qaytish