O’zbekistonda birinchi bor gibrid usulidagi Lyuis operatsiasi

O’zbekiston Respublikasida birinchi bor yuqori texnologik gibrid usulidagi Lyuis operatsiasi Respublika Ixtisoslashgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi direktori professor Tillashayxov M.N. tomonidan bajarildi.

Ushbu kaminvaziv jarroxlik amaliyoti qizilo’ngach xavfli o’smalarini jarroxlik yo’li bilan davolashning jaxon standartlarida asosiy o’rinni egallaydi. Lyuis operatsiasi ikki bosqichlardan iborat bo’lib: abdominal (me’dani mobilizatsiasi va medadan transplantat yasash) va torakal (qizilo’ngachni subtotal olib tashlash va qizilo’ngach bilan transplantat o’rtasida anastomoz qo’yish), gibrid usulida abdominal bosqich to’liq laparoskopik usulda amalga oshiriladi, torakal bosqich esa ananaviy usulda bajariladi.

Bemor I.A. 55 yoshda, RIOvaRIATMga qizilo’ngach o’rta ko’krak qismi saratoni aniqlandi. Jarroxlik amaliyoti muvoffaqiyatli kechdi, amaliyotdan keyingi davr asoratsiz o’tib, bemor operatsiadan keyingi 8-kuni uyiga qoniqarli  axvolda javob berildi.

Orqaga qaytish