Shukurov 02.02.2022

Xiqildoq saratoni boyicha murakkab jarrohlik amaliyoti

Bemor Sh. 65 yosh. Respublika onkologiya va radiologiya bosh va bo`yin o`smalari bo`limiga “Xiqildoq saratoni, ikki tomonlama bo’yin limfa tugunlariga metastaz pT3N2M0 III bosqich. Hamroh: Qalqonsimon bezning follikulyar sistadenomasi” tashhisi bilan yotqizilgan.

Rejali tekshirishlar va tayyorgarliklardan so`ng, o`smani tarqalganlik darajasini inobatga olib, konsilium qarori bilan birinchi bosqichda jarrohlik amaliyoti rejalashtirildi. Bemorga 30.11.2020 y. t.f.n. A.I. Xasanov boshchiligida shifokorlar Traxeostomiya, Tireoidectomiya, ikki tomonlama boyin limfodissektsiyasi, Laringoectomiya yani bir vaqtni o`zida 5-ta jarrohlik amaliyotlarini 7.3 soat davomida  o`tkazishdi.

Murakkab jarayonga qaramasdan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o`tkazildi, o`smalar va metastazllar to`liq olib tashlandi.

Xozirgi vaqtda bemor umumiy ahvoli qoniqarli, rejali tekshirishlarda o`sma qaytalanishi aniqlanmadi va bemor rejali kimyo-nur davo qabul qilmoqda.

Orqaga qaytish