Onkologiya markaziga yetakchi onkolog, professor Dinesh Pendxarkarning tashrifi

Prezidentning 5130-sonli qaroriga asosan, uzoq xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish maqsadida, O‘zbekiston tomonining rasmiy taklifiga binoan joriy yilning 16-noyabridan boshlab Hindistondan kelgan yetakchi mutaxassis, professor Dinesh Pendxarkar Respublika onkologiya markazida ilk bor uch hafta davomida ishlaydi.

Professor Dinesh xavfli o‘smalarni tashxislash va davolash bo’yicha xalqaro ekspert, shuningdek, ASCO, ESMO, ASCO ASIA va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlarning faol a’zosi hisoblanadi.

Professorning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad onkologiya markazi va uning filiallariga uslubiy va konsultativ yordam ko‘rsatishdan iborat. Bo‘lish davrida bemorlarning konsultatsiyalari, mahorat darslari, klinik tahlillar o‘tkazish, shuningdek, mutaxassisning markaz filiallariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Albatta, bunday tadbirlar muntazam ravishda amalga oshiriladi, bu esa xavfli o‘smalarni davolashda natijalar va yondashuvlarni yaxshilaydi.

Orqaga qaytish
Спецодежда в Узбекистане Спецодежда в Ташкенте Производство спецодежды