Xalqaro kitob sovga qilish kuni

14-fevral butundunyo Xalqaro kitob sovga qilish kuni keng nishonlanadi.
Shu munosabati bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalar bilan, O‘zbekiston Respubliksi Bosh Vaziri O‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov uchrashdi. Ular tomonidan davolnayotgan bemorlrga, kitoblar to’plami va shaxmat doskalari sovga qilindi.
Tadbir davomida bolalar bilan mexmonlar o’rtasida shaxmat o’yinlari tashkil etilldi. “Bu kabi tadbirlar bu yerda davolanayotgan bolalarning madaniy xordiq chiqarishini ta’minlash, bu borada ular uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatdan foydalashimiz zarur deb xisoblayman» deb aytib o’tdi Aziz Abduxakimov.
Bundan asosiy maqsadi oddiy va oliyjanob – bolaga yaxshi kitobni taqdim etish hamda shunday ishlarga boshqalarni ham jalb qilish va qiziqtirishdir.
Biz bemor bolalar uchun kitob olib kelishga taklif qilamiz. Har qanday manfaatdor tashkilot va shaxs aksiyada ishtirok etishi mumkin.

Orqaga qaytish