8 dekabr-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

8 DEKABR-O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI!

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’muriyati sizni O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi bilan muborakbod etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning noyob madaniy va milliy qadriyatlarini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini o’zida mujassam etgan tamoyil va me’yorlarga asoslanadi.
Bugungi kunda har bir fuqaroning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Konstitutsiyasiz amalga oshirilmaydi, bu hayotimizning barcha jabhalarida xalqimiz farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Erimiz tinch, osmonimiz Ravshan, hayotimiz farovon, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan bo’lsin!

Markaz ma’muriyati

Orqaga qaytish