25.08.2020 yil Vebinar » onkolog onlayn maktabi»

«Onkologiya Onlayn Maktabi»

2020 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Novartis Pharma bilan birgalikda tashkil etilgan «Onkologiya Onlayn Maktabi» vebinari bo’lib o’tdi.

Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining bosh onkologi, professor Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich so’zga chiqdi.

Vebinar davomida etakchi tadqiqotchi, f.f.d., Qozog’iston Respublikasi onkologiya milliy markazida «Turli xil o’smalarni davolashda M-TOR signal tarqalish yo’lini blokirovka qilish» mavzusida ma’ruza tinglandi.

Dunyoning hozirgi holatini inobatga olgan holda, ushbu turdagi vebinarlar kimyoterapevtlar va boshqa mutaxassisliklar shifokorlarini takomillashtirish uchun kam imkoniyatlardan biriga aylanmoqda.

Orqaga qaytish