15 fevral xalqaro «Sarotonga chalingan bolalar» kuni.

Ushbu kun dunyo mamlakatlarining deyarli barchasida nishonlanadi. Bu kun tarixi birinchi bor 2001- yilda Butunjahon saratonga chalingan bolalar ota-onalari birlashmasi tashabbusi bilan paydo bo’lgan. Bugungi kunda ushbu sana 90 dan ortiq mamlakatlarda Xalqaro Onkologiya Jamiyati homiyligida o’tkazib kelinmoqda.
Ushbu tadbir mamlakatimizning barcha hududlari va boshqa mamlakatlardan kelgan bolalar har kuni davolanayotgan onkologiya markazini ham chetlab o’tmadi.
Shunday qilib, Respublika onkologiya markazi, Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida Respublika onkologiya markazining bolalar bo‘limida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga mehmonlar, yulduzlar taklif qilinib, davolanayotgan bolalarga unutilmas tuyg’ular, ajoyib kayfiyat va esdalik sovg’alari ulashildi.

Orqaga qaytish