«Onkologik» tashxis qo’yilgan bemorlarga dengizga sayohat paytida muhim tavsiyalar:

?Kimyoterapiya va nur terapiyasi terining quyosh nurlanishiga nisbatan sezgirligini oshirishi mumkin. Muolajalar orasida sayohat qilishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, bu omil hisobga olinishi kerak.
?Kimyoterapiya olayotganda sayohat qilishingiz mumkin, ammo basseynda suzishdan saqlangan yaxshiroq, chunki organizm kimyoterapiya vaqtida oq qon hujayralarining kamayishi infeksiya yuqushga moyil bo’ladi.
?FTORURATSIL, PAKLITAKSEL ni qabul qilayotgan bo’lsangiz, ular fotosensibilizatsiya qiluvchi vositalar ekanligini bilish muhim. Ulardan foydalanganda, plyajida quyoshga ta’sir qilishdan butunlay voz kechish yaxshiroq.
?Nur olayotgan sohani nur terapiyasi davrida himoya qilish tavsiya etiladi.
?Kuchli issiqlik vaqti salqin xonalarda, tabiiy paxta kiyimlarida, ko’proq suv ichishga tavsiya etiladi.

Kanalga obuna boʻling va bizni kuzatib boring: https://t.me/cancercenteruz

Вернуться назад