Vengriya delegatsiyasi Onkologiya markazida

Joriy yilning 30 mart sanasida Vengriya Нukumat delegatsiyasining Oʼzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida «ONCOMPASS» tashkiloti asoschisi I.Petak va RI Onkologiya va Radiologiya IАTM direktori professor Tillyashayxov M.N. oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida doktor I.Petak RI Onkologiya va Radiologiya IАTM referens laboratoriyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Doktor I.Petak tomonidan laboratoriyaning texnik jixozlanishiga yuqori baxo berildi.
Suxbat davomida oʼsmaning mutant saraton genlarini identifikatsiya qilish yoʼli bilan onkologik kasalliklarni molukulyar diagnostikasi soxasida keyingi xamkorlik istiqbollariga aloxida eʼtibor berildi. Bundan tashqari, tomonlar bundan keyingi oʼzaro xamkorlik boʼtsicha oʼzaro kelishuv imzolanishiga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ushbu uchrashuv yurtimiz tibbiyoti onkologik soxasidagi dolzarb muammolarni koʼrib chiqish va oʼzaro xamkorlikda ularni yechish yoʼlida yana bir qadam boʼldi.

Orqaga qaytish
Спецодежда в Узбекистане Спецодежда в Ташкенте Производство спецодежды