4-fevral sharafiga urologiya bo’limi shifokori…

4 fevral – saraton kasalligiga qarshi kurash kuni munosabati bilan RIO Onkologiya va Radiologiya RIATM urologiya bo’limi shifokori Abdusamatov N.T. Mirobod viloyatidagi 154-sonli o’rta maktabga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ma’ruzalar va suhbatlar orqali sog’lom turmush tarzi va sog’lom ovqatlanish targ’ib qilindi va zararli odatlar ta’siri mavzusi ham ko’tarildi. Shikoyatlar paydo bo’lsa, uyda o’z-o’zini davolash bilan shug’ullanmasdan, shifokorlarga muntazam ravishda murojaat qilish zarurligi to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi. Mamlakat aholisi yosh qatlami tibbiy madaniyatini oshirish, bu keyinchalik turli kasalliklarning, shu jumladan saraton kasalligining dastlabki bosqichida odamlarning tibbiy muassasalarga o’z vaqtida murojaat qilishiga olib keladi. Kelgusida bizning markazimiz xodimlari respublikaning boshqa o’rta va oliy o’quv yurtlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqdalar.

Orqaga qaytish
Спецодежда в Узбекистане Спецодежда в Ташкенте Производство спецодежды