Tibbiy tadqiqotlarda hamkorlik memorandumi

2021-yil 12-noyabr kuni respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Tillyashayxov M. N. va «Yevropa tibbiyot universiteti» rektori, professor G’aybullaev A. A. tomonidan mamlakatimiz milliy farovonligi va salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy tadqiqotlar, ta’lim va davolanishda hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.:

«Evropa tibbiyot universiteti» va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi quyidagi tarzda hamkorlik qiladi:

(a) tibbiy mutaxassislar uchun ta’lim almashinuvi

(b) akademik almashinuv va tibbiyot sohasida qo’shma tadqiqotlar o’tkazish

(v) tibbiy davolash va tibbiy xizmat ko’rsatishda o’zaro hamkorlik tizimini yaratish

(g) shahar perinatal markazi hududida Yevropa tibbiyot universiteti talabalarining yozgi va qishki amaliyotlaridan o’tish

(e) o’zaro hamkorlikni talab qiladigan boshqa masalalar

Orqaga qaytish