Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Mamlakatimiz tarixida bunday formatdagi ilk tadbir bo‘ladigan yig‘ilishda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinib, tibbiyot xodimlarining takliflari tinglanadi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish doirasida aholi va tibbiyot xodimlaridan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushdi. Ularning tahlili asosida “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” g‘oyasi asosida sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlashning barcha darajadagi 10 000 dan ortiq xodimlari ishtirok etadi.

Orqaga qaytish