Behzod Musaev boshchiligida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida sayyor qabul o’tkazilmoqda

Behzod Musaev boshchiligida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida sayyor qabul o’tkazilmoqda. Jumladan, Toshkentdan markaz direktorlari va 150 nafardan ortiq shifokorlar tashrif buyurdi.

Bu joyda sayyor tibbiy koʻrik, koʻchma laboratoriya tashkil etilgan. Onkolog, endrokrinolog, kardiolog, pediatr, oftalmolog va boshqa yonalish mutaxxassislari. Ultratovush tekshiruvi, EKG, mobil mammografiya apparatlari joylarga olib kelindi.

Kun davomida ming nafarga yaqin inson ko’rikdan o’tkazildi.

Onkologik yordamga muxtoj bemorlarga shu joyning o’zida jarroxlik amaliyotlari uchun markaz filialiga yo markazga yo’llanma berildi.
Bu kabi sayyor tibbiy qabullar navbati bilan butun Respublika bo’ylab rejalashtirilgan.

Orqaga qaytish