Kelajakda tamaki yo’q oflayn va onlayn seminar-trening o’tkazildi

2022 yil 25-26 martda aralash formatda (off-layn va on-layn) ommaviy axborot vositalari (bundan buyon – OAV) vakillari uchun “Tamakisiz kelajak sari!” seminar- mashg’ulot o’tkazildi.

Seminar-mashg’ulot maqsadi OAVlari vakillarini Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurashish bo’yicha Hadli konventsiyasi (bundan buyon – JSSTning Hadli konventsiyasi)ning asosiy qoidalari, tamakiga qarshi kurashish sohasidagi O’zbekiston qonunchiligi va eng yaxshi xalqaro amaliyot, yangi “innovatsion” tamaki va nikotinli mahsulotlarni iste’mol qilish bilan bog’liq tahdidlar bilan tanishtirishdan bo’ldi.

Seminar-mashg’ulot «Ibn Sino» jamoat fondi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining «Tamakisiz kelajak sari!» loyihasini amalga oshirish doirasida O’zbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi, Sog’liqni saqlash vazirligining Aholining sog’lom turmush tarzi va jismoniy faolligini oshirishni qo’llab-quvvatlash markazi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, tamaki har yili butun dunyoda 8 milliondan ortiq kishini o’ldiradi. Ushbu o’lim hollarining 7 milliondan ortig’i tamakini bevosita iste’mol qilish oqibati bo’lsa, 1,2 millionga yaqini – bu ikkilamchi tamaki tutuni ta’sirida bo’lgan chekmaydigan odamlardir.

2021 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Alkogolь va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash to’g’g’risida”gi yangi Qonun qabul qilindi, ayni paytda ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ko’rib chiqilmoqda.

Qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi mamlakatimizning har bir fuqarosiga daxl qiladi, bu farzandlarimiz va yoshlarimizni “innovatsion” tamaki va nikotin mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlash, aholi o’rtasida tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishi darajasini kamaytirish, yuqumli bo’lmagan kasalliklardan kasallanish va bevaqt o’limni kamaytirish, millat genofondini himoya qilish imkonini beradi.

Tadbir ishtirokchilariga quyidagi mavzularda ma’lumotlar taqdim etildi:

– O’zbekiston va xorijiy mamlakatlar aholisi o’rtasida tamaki iste’mol qilish bo’yicha epidemiologik vaziyat;

– jamoat joylarida tamaki iste’mol qilish bo’yicha tamakiga qarshi qonunchilik qoidalariga rioya etilishi, tamaki mahsulotlarining ta’lim muassasalari atrofida (kamida 200 metr masofada) sotilishi, tamaki mahsulotlarini sotish joylarida ularning reklamasi, sotuvini rag’batlantirish va homiylik qilish ustidan jamoatchilik monitoringi natijalari;

– O’zbekistonning amaldagi tamakiga qarshi qonunchiligining kuchli va kuchsiz tomonlari;

– tamaki sanoatining an’anaviy tamaki mahsulotlarini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarga javoban strategiyasi va hatti-harakatlari, O’zbekiston aholisi o’rtasida “innovatsion” deb atalmish yangi tamaki va nikotin mahsulotlari (qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar, tamakili va nikotinli snyuslar va h.k.)ni iste’mol qilishning shiddat bilan ortib borishi;

– O’zbekiston Hukumati tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar ko’rsatish ob’ektlarida tamaki mahsulotlarini sotish sohasida samarali jamoat nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar.

Тақдим этилган материаллар асосида, семинар-машғулот иштирокчилари «Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг тамаки эпидемиясига қарши курашиш бўйича чора-тадбирлар комплекси – MPOWER»[1]ни, шунингдек энг яхши тажрибани эътиборга олган ҳолда Ўзбекистонда тамаки истеъмол қилишни қисқартириш бўйича кўрилаётган чораларни муҳокама қилдилар. Бунда, тамакига қарши қонунчиликни такомиллаштириш, Ўзбекистон Республикасининг “Алкоголь ва тамаки маҳсулотларини тарқатиш ва истеъмол қилишни чеклаш тўғғрисида” янги Қонунини илгари суришга алоҳида эътибор қаратилди, зеро бу ишларда ОАВлари вакилларининг ўрни алоҳида катта аҳамиятга эга.

Seminar-mashg’ulotning amaliy qismida ishtirokchilar ishonchli axborot manbalarini izlash, ishonchli axborot materiallarini tayyorlashning ahamiyati, OAVlarida chop etiladigan yoki namoyish etiladigan materiallarning shakli, OAVlari va ijtimoiy tarmoqlardagi feyklarga qarshi harakat qilish masalalari muhokama qilindi.

Seminar-mashg’ulot natijalari OAVlari vakillarining dolzarb axborot materiallarini tayyorlash va chop etish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirishga hamda O’zbekistonda tamakiga qarshi samarali kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko’maklashadi.

Seminar-mashg’ulotda mamlakatimizning barcha mintaqalaridan va Toshkent shahridan 30ga yaqin jurnalistlar, muhbirlar va blogerlar ishtirok etdi.

Seminar-mashg’ulot oxirida jurnalistlar, muxbirlar va blogerlar o’rtasida OAVlaridagi eng yaxshi maqolalar va ko’rsatuvlar turkumi uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlov natijalari 2022 yil noyabrda e’lon qilinadi.

Orqaga qaytish