Qoraqalpog’iston filialida 4 fevral…

RIOvaRIATM Qoraqalpog’iston filialida 4 fevral – Butunjahon saraton kasalligiga qarshi cfhkurash kuni nishonlandi.

Butunjahon saratonga qarshi kurash kuni har yili 4 fevralda nishonlanadi. Shu munosabat bilan RIOvaRIATM tayanch-harakat tizimi o’smalari bo’limi rahbari Abdikarimov X.G., reproduktiv organlar kasalliklari bo’limi boshlig’i Allabergenov A.D. va nur diagnostikasi bo’limining radioterapevti Turemuratova S.E.lar Nukus Davlat pedagogika institutiga tashrif uyushtirdi, u erda o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mutaxassislar o’sma kasalliklari to’g’risida keng ma’lumot berishdi. Shuningdek, saraton kasalligining oldini olish, turli organlar o’smalarini erta aniqlash va davolash masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida aholi uchun tayyorlangan prezentatsiya namoyish etildi, unda raqamlar va jadvallar keltirilgan bo’lib, unda tashxis qo’yish, kasallikni davolashning barcha bosqichlari va kech davolanishda kuzatilgan asoratlar aks etgan.

Orqaga qaytish