26-28 noyabr oyida CARO-2020 Kongressi

2020 yil 26-28 noyabr kunlari “Markaziy Osiyo Onkologiya Kongressi” CARO-2020 onlayn tarzda o’tkaziladi.

CARO-2020 da 20 ta mamlakatning ilmiy tashkilotlari va texnologik kompaniyalari vakillari ishtirok etishadi, shu jumladan: Germaniya, Avstriya, Rossiya, AQSh, Shveytsariya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Avstraliya, Janubiy Afrika, Chexiya, Hindiston, Belorusiya, Ozarbayjon, Mo’g’uliston. Kongresda Covid 19 pandemiyasi sharoitida onkologik xizmatni o’zgartirish, onkoxirurgiya, radioterapiya, yadro tibbiyoti, dori terapiyasi, raqamlashtirish mavzularidagi 100 dan ortiq ma’ruzalarni tinglash va muhokama qilish rejalashtirilgan.

CARO-2020 bu yilgi shiori – «Fundamental va klinik tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirish: onkologiya taraqqiyotining asosiy omillaridir». Kongress homiylari – dunyodagi tibbiy tizimlar va uskunalarni ishlab chiqaruvchilar Elekta, Phillips, BrainLab, Varian, XHStrall, Dr. Sennewald, Sun Nuclear, ViewRaw, Orfit, PTW.

CARO-2020-ning boshlang’ich yalpi sessiyasida Germaniyadan asosiy ma’ruzalari tinglanadi: O’sma kasalliklari milliy markazi kengashi raisi prof. Yurgen Debus (NCT, Heidelberg) ma’ruza mavzusi «Ertangi kunning onkologiyasi: eng yaxshi amaliyotlar, tendentsiyalar, hamkorlik»

Rossiyadan Federatsiyasidan – RFA akademigi, FDBT «Radiologiya MITM»(Moskva) Bosh direktori, MDX va YO ORIDA prezidenti t.f.d. prof. Kaprin A. D., O’zbekistondan – RIOvaRIATM direktori t.f.d. prof. Tillyashayxov M.N.

CARO-2020 raislari: Graz universiteti rentgen diagnostikasi kafedrasi direktori t.f.d. prof. Rayner Rienmuller (Avstriya), RIOvaRIATM direktori t.f.d. prof. Tillyashayxov M.N. (O’zbekiston). N.N. Petrov nomidagi onkologiya MITM onkojarrohlik bo’limi raxbari t.f.d. prof. Krotov N.F.

Tashkilotchilar: O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, OPASCA GmbH (Germaniya), “OPASCA GOS Central Asia” MChJ.

Yordamchi: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion sog’liqni saqlash Milliy palatasi, O’zbekiston Respublikasi Onkologlar assotsiatsiyasi.

Hamkorlar: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (O’zbekiston), Frayburg, Myunxen va Manxaym (Germaniya) universitet klinikalari.

➡️ Kongressda ro’yxatdan o’tish: https://www.caro-congress.org/application

Orqaga qaytish