Warning: Cannot modify header information - headers already sent by (output started at /home/h801054516/cancercenter.uz/docs/index.php:4) in /home/h801054516/cancercenter.uz/docs/wp-content/plugins/qtranslate-x/qtranslate_core.php on line 388
"Klinik rezidenturaga qabul qilish to'g'risida" e'lon - Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-amaliy Tibbiyot Markazi
Zaif ko'ruvchilar uchun

+998(71) 246-05-13

«Klinik rezidenturaga qabul qilish to’g’risida» e’lon

Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 190 – sonli «2020/2021 o’quv yilda klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to’g’risida»gi buyrug’iga asoslangan xolda,
«Onkologiya» mutaxassisligi bo’yicha
klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etuvchi shifokorlardan xujjatlar qabul qiladi

Xujjatlar 2020 yilning 20 iyulidan 22 avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Koronavirus infektsiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida, 2020/2021 o’quv yili qabulida xujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yxatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xujjatlarni qabul qilish bo’yicha komissiya tarkibi:
Ibragimov Sh.N. – klinik ordinaturaga qabul qilish bo’yicha mas’ul kotib
Nigmanova N.A. – doktorantura va klinik ordinatura bo’limi mudiri
Karimova N.S. – Koll-markaz bo’yicha mas’ul shaxs

Test sinovlari 21 avgustdan 15 sentyabrgacha o’tkaziladi (aniq muddati, vaqti va manzili qo’shimcha e’lon qilinadi).

Xujjatlar nkarimova87@mail.ru el.manzilga skanerlangan tarzda PDF shaklda jo’natiladi. Klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etuvchi shifokorlar quyidagi xujjatlarni topshiradilar.
1. Shaxsiy varaka (ob’ektivka, to’liq to’ldirilgan)
2. Pasport
3. Diplom+ diplomga ilova
4. Ish daftarchasi
Quyidagi xujjatlarni nomzod klinik ordinaturaga kirganda taqdim qiladi:
1. Ariza
2. Pasport (asl nusxasi)
3. Diplom+ diplomga ilova (asl nusxasi)
4. Ish daftarchasi (kserokopiya kadrlar bo’limida tasdiqlangan+ asl nusxasi)
5. Xarbiy bilet (kserokopiya va asl nusxasi)
6. Tarjimai xol.
7. Fotosurat 4 dona
8. Tavsifnoma (oxirgi ish joyidan)
9. Xujjatlar uchun papka

Murojaat uchun telefonlar:
Rio va Riatmda klinik ordinaturaga qabul bo’yicha mas’ul kotib t.f.D. Ibragimov Shavkat Narzikulovich tel. (91) 163-15-10
Tanlovda ishtirok etuvchilarni qiziqtirgan savollar bo’yicha markazimizda tashkil etilgan Koll-markazga soat 9.00.dan 18.00.gacha murojaat qilish mumkin:
tel:(93) 380-64-48, (90) 805-93-15

Вернуться назад