Zaif ko'ruvchilar uchun

+998(71) 246-05-13

Direktor

Tillyashayhov Mirzagolib Nigmatovich. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining bosh onkologi, etakchi olim, jarroh-onkolog, professor.

Tillyashayhov Mirzagolib Nigmatovich. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining bosh onkologi, etakchi professor olim, jarroh-onkolog,

ESMO (Yevropa Tibbiyot Onkologlari assotsiatsiyasi), ASCO (Amerika tibbiyot onkologlari assotsiatsiyasi) va EAU (Evropa urologiya assotsiatsiyasi) ning faol a’zosi. Siydik ajratish tizimi o’sma kasalliklari bo’ycha da mingdan ortiq maqolalar muallifi. Urogenital tizimning turli xil saraton kasalliklarida ochiq, laparoskopik va endoskopik jarrohlik aralashuvlarining barcha turlariga bajara oladi. Har yili 500 dan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, buyrak saratonida turli hajmdagi yuqori texnologiyali amaliyotlar, pastki kovak venasida usma trombozida qon tomir jaroxlik aralashuvlari, qovuq olib tashlangach esa rekonstruktiv  jarrohlik amaliyotlarini amalga oshira oladi. Radik prostatektomiya, buyrak o’smalarida organ saqlovchi jarrohlik amaliyotlari hamda moyak saratonida retroperitoneal limfodisseksiya  kabi murakkab operatsiyalarni bajara oladi.

O’zbekistonda va xorijda xam onkourologiya sohasi bo’yicha etakchi olim va jarrox-mutaxasis deb tan olingan.  O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligining bosh onkologi, Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston Onkologlari assotsiatsiyasi prezidenti. Onkologiya, urologiya va onkologik xizmanti tashkil etish bo’yicha oti konferentsiyalarining ishtirokchisi va tashkilotchisidir.

Onkologiya yo’nalishi bo’yicha ilm-fan dunyosiga «Tarqalgan qovuq saratonini kompleks davolashda mahalliy UHF gipertermiyasi» mavzusidagi fan nomzodligi dissertatsiyasini ximoya qilish orqali kirib keldi,  keyinchalik «Radikal sistektomiyadan keyin siydik derivatsiya usullarini  tanlashning jarrohlik va fiziologik jihatlari» fan doktori dissertatsiyasini himoya qilib etuk olim sifatida tarix zarlavxalarida bitildi. 2010 yilda professor ilmiy unvonga ega buldi.  Professor M.N.Tillyashixovning ilmiy-amaliy faoliyati ser qirrali bo’lib u buyrak, qovuq, prostata va erkaklarning reproduktiv tizimi o’sma kasalliklarida  jarroxlik bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va mavjud usullarini takomillashtirishga bag’ishlangan.

Tilliashaxov M.N. 2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika onkologiya ilmiy markazining onkourologiya bulimiga rahbarlik qilgan. Birinchilardan bo’lib onkourologik kasalliklarida sisektomiyadan keyin turli rekonstrukniv plastic amaliyotlarni, ortotopik siydik rezervuarlarni yaratish, radikal prostatektomiya, yurakni o’ng bulmachasidagi buyrak saratonini trombozida trombektomiy, kichik chanoq evistseratsiyasi kabi o’ta murakkab amaliyotlarni kundalik operatsiyalar qatoriga kiritdi.

2010 yildan 2015 yilgacha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya markazining direktori lavozimida ishladi. Respublikada sil kasalliklarini zamonaviy davolashni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Professor M.N. Tillyashayxov tashabusi va harakati tufayli markaz yangi va zamonaviy tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlangan ekspres laboratoriyalarni, silga chalingan bemorlarga 100%  dori-darmonbilan ta’minlashni yo’lga qo’ydi. Shuningdek, u 2011-2015 yillarda O’zbekistonda sil kasalligiga qarshi kurash bo’yicha Davlat dasturining rahbari edi. Ftiziatriya xizmatini kardinal va  fundamental islohotlar o’tkazish orqali  sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi, bu kasallik va o’lim ko’rsatkichlarining pasayishi, shuningdek respublikada sil kasalliklarining epidemiologik holatini yaxshilashda aks ettirildi.

Bugungi kunda professor M.N. Tillyashayxov Respublika onkologiya ilmiy markazi direktoridir. Uning rahbarligi ostida, O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan onkologik xizmatini yanada rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish va O’zbekistonning onkologiya yo’nalishi bo’ycha o’ tajribasi va xalqaro tajribalarini uyg’unlashtirish orqali  jahon standartlari darajasida saratonni erta aniqlash va saratonni kasalligini skriningi bo’yicha dasturlarni ishlab chiqishni birlashtirgan holda yuqori samarali saratonga qarshi kurashish tizimini yaratishga bel bog’lagan.

M.N. Tillishaixov tomonidan  ekspiremental va amaliy onkologiyaning turli sohalaridagi eng zamonaviy yutuqlarini jalb qilish bilan saratonni davolashni takomillashtirish masalalari bilan shug’ullanadigan onkourolog jarrohlarni  tarbiya etadigan o’ziga hos maktab yaratdi. 400 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi va hammuallifi, shu jumladan 3 ta monografiya va shifokorlar, magistr va klinikalar uchun 10 ta uslubiy qo’llanma va tavsiyalar yaratdi.

Fuqarolarni qabul qilish: Dushanba-Juma soat 8.00 dan 11.00 gacha

Tel: +998 (71) 246-05-13
faks: +998 (71) 246-29-78